O‘zbek tili o‘zining qadimiy va boy tarixida hech qachon davlat va jamiyatning bugungidek yuksak e’zoz-e’tibori va g‘amxo‘rligiga sazovor bo‘lmagan. Bu “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” dadil qadam qo‘ygan O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yuksak samaralaridandir.
Ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar qatorida, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha alohida departament, bu yangi tuzilma tashabbusi bilan esa Atamalar komissiyasi tashkil etilganining o‘zi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Atash-Nomlash Hodisasining Milliyligi Sezgi Va Hislarninggina Mahsuli Bo‘lib Qolmay, Unda Munosabat Ham Katta Ahamiyatga Ega. Munosabat Esa Asosiy Diqqatning Atalmishni Nomlovchi Subyekt Uchun Ahamiyati Va Qiymati Bilan Belgilanadi. Ushbu Ahamiyatlilik Til Birliklarining Lisoniy Qiymatini Muayyanlashtiradi. Atash Nomlash Jarayonining Milliy Mentalitet Va Ahamiyatlilik Bilan Bog‘lanishi Tilshunoslarni Qadimdan Qiziqtirib Keladi. Bu Esa Fanda Qiyosiy-Tarixiy Yo‘nalishning Shakllanishiga Asos Bo‘ldi. Turkiy Va Forsiy So‘zlarning Lisoniy Qiymati Masalasi Bilan Qiziqqan Mutafakkir Alisher Navoiy Mazkur Tillardagi Farqlarni Ayrim Lisoniy Epizodlar Asosida Ravshan Tushuntirib Bergan. Olimning Qarashlari “Yazikovaya Znachimost” Termini Ostida F. De Sossyur Ta’limotida Rivojlantirildi.